O‘zbekistonning MDH mamlakatlariga eksport hajmi oshdi, ammo ularning umumiy eksport hajmidagi ulushi kamaydi

  • 09:31 / 25.08.2019
  • 113

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning MDH va boshqa xorijiy davlatlarga eksport hajmi dinamikasi haqida ma’lumot berdi.

So‘nggi uch yil ichida MDH mamlakatlariga eksport hajmi oshdi, ammo ularning umumiy eksport hajmidagi ulushi 2015-yildagi 44,1 foizdan 2019-yilda 32,5 foizgacha kamaydi. Mos ravishda, boshqa xorijiy mamlakatlarga eksportning jadal o‘sishi hisobiga ularning umumiy eksportdagi ulushi 67,5 foizni tashkil etdi. Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy (eksport umumiy hajmining 16,4 foizi), Rossiya (12,8 foiz), Qozog`iston (7,6 foiz), Turkiya (6,1 foiz), Qirg‘iziston (3,9 foiz), Afg‘oniston (2,9 foiz) va Tojikiston (1,6 foiz) hissasiga to‘g‘ri keladi.

MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlar bilan import ulushining dinamikasi barqaror nisbati saqlanib qolmoqda va joriy davrda 33,8:66,2 ni tashkil etdi. Hisobot davri natijalariga ko'ra, import bo‘yicha hamkor-davlatlar orasida Rossiya Federatsiyasini 16,0 foiz ulushi bilan ortda qoldirgan holda Xitoy umumiy import hajmida 20,2 foiz ulushi bilan birinchi o‘rinni egalladi.
                                                  
MDH va boshqa xorijiy davlatlarga eksport hajmi dinamikasi

MDH mamlakatlarida
2015–yil – 3008,0 million AQSh dollari
2016–yil – 2375,2 million AQSH dollari
2017–yil – 2245,6 million AQSH dollari
2018–yil – 2767,0 million AQSH dollari
2019–yil – 3539,6 million AQSH dollari

 Boshqa mamlakatlarda
2015–yil – 3811,6 million AQSH dollari
2016–yil – 3544,1 million AQSH dollari
2017–yil – 4365,8 million AQSH dollari
2018–yil – 4763,2 million AQSH dollari
2019–yil – 7340,6 million AQSH dollari