O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p mehmonxona borligi ma’lum qilindi

  • 22:45 / 23.09.2021
  • 169

O‘zbekistondagi eng ko‘p mehmonxonalar Toshkent shahrida bo‘lib, ularning soni 243 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 1 156 ta mehmonxona mavjud.

Quyida O‘zbekistondagi mehmonxonalar sonini hududlar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
Toshkent shahri – 243 ta; 
Buxoro viloyati – 193 ta; 
Samarqand viloyati – 149 ta;
Toshkent viloyati – 109 ta; 
Farg‘ona viloyati – 98 ta;
Xorazm viloyati – 82 ta;  
Qoraqalpog‘iston R. – 60 ta;
Qashqadaryo viloyati – 45 ta; 
Jizzax viloyati – 43 ta;
Namangan viloyati – 36 ta;
Navoiy viloyati – 34 ta ;
Surxondaryo viloyati – 29 ta;
Andijon viloyati – 21 ta;
Sirdaryo viloyati – 14 ta.