O‘zbekistonning uch nafar ayol san’atkorlari Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari qatorida

  • 11:17 / 16.06.2020
  • 1445

Xitoy nashri tomonidan O‘zbekistonning uch nafar ayol qo‘shiqchisi Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, reytingga o‘zbekistonlik Shahzoda, Rayhon va Lola Yo‘ldashevalar kiritilgan. Shuningdek, ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston eng mashhur qo‘shiqchilari nomlari keltirilgan.
 
Reyting mualliflari Markaziy Osiyo nafaqat o‘zining go‘zallari bilan, balki iste’dodli xonandalari bilan ham mashhurligini ta’kidlab, TOP-13 xonandaning ro‘yxatini taqdim etishdi, deyiladi xabarda.