“O‘zbekkino” Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi

  • 09:33 / 08.04.2021
  • 64

Bu haqda Prezidentning tegishli farmonida ma’lum qilingan. 
Farmonga ko‘ra, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ta’sis etiladi va 2021-yildan boshlab muntazam o‘tkazib boriladi.

Bundan tashqari, “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib boriladi.

O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi. Shuningdek, kinematografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.