O‘zgidromet: O‘zbekistonda shu hafta -15 daraja sovuq bo‘ladi 

  • 10:05 / 18.11.2019
  • 2373

Shu hafta ikkinchi yarmidan, ya’ni payshanbadan yakshanbagacha O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 15 darajagacha sovuq bo‘ladi. Bu haqida “O‘zgidromet” xabar berdi. 

21-24-noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. 

Yomg‘ir qorga aylanadi

O‘sha kunlari mamlakat bo‘ylab turli hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi).
Jumladan, 21-noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi. 22-24-noyabrda respublika hududi bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi,  kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi. 

Shimolda 10-15 daraja sovuq bo‘ladi

Mamlakat shimolida 21-24-noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz avvalroq, 21-noyabr kuni yomg‘ir qorga aylanishi haqida xabar berilgan edi.