O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlar kontrakt miqdorini o‘zi mustaqil belgilaydi

  • 12:07 / 13.06.2020
  • 471

“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy taʼlim muassasalariga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berildi.
 
O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlar rektorlari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi maʼlumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida eʼlon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrda “Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qarori qabul qilingan va Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan quyidagi 10 ta oliy taʼlim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi:
 
 Samarqand davlat chet tillari instituti
 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
 Toshkent davlat yuridik universiteti
 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
 Toshkent moliya instituti
 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
 Toshkent farmatsevtika insituti
 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
 Urganch davlat universiteti
 Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti