Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimga tayinlandi

  • 14:08 / 16.06.2020
  • 3193

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek maqom san’ati fakulteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi.