Pandemiyada sayyohlar uchun eng xavfli davlatlar nomi aniqlandi

  • 10:34 / 18.09.2021
  • 197

Germaniyaning Robert Kox instituti mutaxassislari sayyohlar uchun eng xavfli bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Bu haqida Frankfurter Rundschau nashri xabar bermoqda. 
Tadqiqotchilar nemis sayyohlarining  mamlakatlar bo‘yicha koronavirusni yuqtirish holatlarini o‘rganib chiqishgan. Bir oy davomida Germaniyada 87 572 nafar fuqaro virus yuqtirib olgan. Shundan 26 218 nafari boshqa davlatlarda koronavirusga chalingan.
O‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, kasallikni eng ko‘p yuqtirib olish holati Turkiyada kuzatilgan. Bu davlatda 6087 nafar nemis sayyohlarida kasallik aniqlangan. 5,7 mingga yaqin bemor Kosovoda koronavirus bilan kasallangan. Yana 2,5 ming germaniyalik Xorvatiyada infeksiya yuqtirib olgan. Nemis tadqiqotchilari tuzgan xavfli mamlakatlar ro‘yxatida Gretsiya va Italiya ham bor.