Parashyutdan sakramoqchimisiz? Nimalarni bilishingiz kerak? 

  • 14:11 / 14.01.2020
  • 590

Kundalik hayotimizda o‘z irodamizni sinab ko‘radigan, odatiylik chegarasidan chiqishga majbur qiladigan vaziyatlar kam bo‘ladi. Buning yomon joyi yo‘q, axir xavfsiz va qulay hayot – hamma intiladigan ideal. Ammo yorqin hissiyotlarga ham kishi ehtiyoj sezadi, buni esa ekstremal sport turlari bilan to‘ldirish mumkin. Masalan, parashyutdan sakrash – bu borada yordam beradi.

Parashyutda sakrashni orzu qiladigan, lekin ichki to‘siqlar tufayli hali bunga qaror qilmagan odam bo‘lsangiz, ushbu maqola siz uchun foydali bo‘ladi. Ko‘p uchraydigan xato fikrlar va qo‘rquvlar, ularni qanday yengish haqida gapirib beramiz.

1. Aeroklublarning tajribali o‘quvchilarigina sakrashi mumkinmi? 

Aslida, so‘nggi o‘n yillikda parashyutdan sakrash ancha osonlashdi. Hatto bu sport bilan shug‘ullanish haqida hech qachon jiddiy o‘ylamagan odam ham parashyutda sakrashni amalga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, 800 metr balandlikdan sakrashni yakka o‘zingiz yoki bir o‘qituvchi bilan birga amalga oshirishingiz mumkin. Ikkinchi holda, balandlik yana-da kattaroq bo‘lishi mumkin. Ammo, sakrash turidan qat’iy nazar, oldindan tayyorgarliksiz sakrolmaysiz. Siz uchun parashyutda sakrash bir martalik urinish bo‘lsa, ozroq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Professional sportchi bo‘lish niyatida bo‘lsangiz, to‘laqonli kursdan o‘tishingiz lozim.

2. “Men balandlikdan qo‘rqaman” 

Ko‘p odamlar balandlikdan qo‘rqadi, u fobiyaga aylanmasa, normal holatdir. Shu tariqa, tana bizni xavf-xatarlardan himoya qiladi. Parashyutda sakrash bu qo‘rquvni yengishga yordam beradi. Hamma ham bilmaydi, lekin bu boradagi eng yomon narsa osmonga chiqish lahzasidir. Parashyutda sakrash paytidagi erkin tushishda miya jismlarning nisbatlarini aniqlay olmaydi. Qo‘rquv deyarli hamma uchun yo‘qoladi.

3. “Sakrash vaqtida qanday nafas olish kerak?” 
Parashyutda sakrash mumkin bo‘lgan balandlik unchalik katta emas, chunki yuqoriroqda havo kam bo‘lishi va nafas olishda qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. Shuning uchun bu haqda tashvishlanmang. Nafas olish bilan bog‘liq muammolarning aksariyati, hal qiluvchi paytda hayajonlanganidan odamning o‘zi nafas olishni to‘xtatib turadigan bo‘lsa kelib chiqadi. Bu asabiy spazm deb ataladi. Nafasni tiklash uchun baland ovoz bilan baqirishingiz kerak, shunda o‘pkangiz tabiiy ravishda havo bilan to‘ladi.

4. “Parashyut ochilmay qolsa nima bo‘ladi?” 
Bunday ehtimollik texnik jihatdan mavjud, ammo amalda hatto professionallar orasida bunday holatlar juda kam yuz beradi. Aslida sakrashda har doim fors-major holatlarida qo‘shimcha parashyut zaxirasini ta’minlanadi. Shuning uchun bu boradagi hayajonlar asossiz. Ikkala parashyut ham ochilishdan “bosh tortgan” holatlar juda kam uchraydi.

5. Parashyutdan sakrash bo‘yicha qanday cheklovlar bor?

прыжок с парашютом

Parashyut sporti, baribir, stressli vaziyatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun bir qator tibbiy va jismoniy cheklovlar mavjud. Birinchidan, parashyutda sakrashga ma’lum yoshdan boshlab ruxsat beriladi – 8 yoshdan kichik bo‘lmagan bolalar uchun faqat o‘qituvchi va ota-onalarning ruxsati talab qilinadi. Ikkinchidan, parashyutchining vazni kamida 40 kilogrammdan kam bo‘lmasligi va 180 kilogrammdan oshmasligi kerak. Ba’zi aeroklublar 95 kilogrammgacha bo‘lgan chegarani belgilaydi. Sog‘lik holatiga kelsak, insonda yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi, aqliy va asab kasalliklari yoki diabetdan aziyat chekmasligi kerak. Shuningdek, ko‘rish qobilyati zaifligi ham to‘siq bo‘ladi. Kuchli shamol tufayli ko‘zoynaklar sinib ketishi, natijada jarohat olish, kontakt linzalarning chiqib ketishi yuz berishi mumkin.