Parij iqlim kelishuvi: AQSh 2 haftada jarayonni boshlashi mumkin

  • 14:44 / 24.10.2019
  • 344

Foto: REUTERS/Tom Brenner/File Photo

AQSh 4-noyabrdan Parij iqlim kelishuvidan chiqish bo‘yicha jarayonni rasman boshlashi mumkin. Bu haqida “Reuters” xabar berdi.

Donald Tramp AQSh bu kelishuvdan chiqishi kerakligini ta’kidlab kelayotgandi.

Prezident Tramp iqlim kelishuvidan chiqish rejasini tasdiqladi. “Parij kelishuvi AQShning energetika sanoatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin”, dedi AQSh rahbari Pittsburgdagi energetika masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada.

Tramp qarorini tanqid qilganlar kelishuvdan chiqish AQShning “toza” iqtisoddagi xalqaro yetakchiligiga zarar keltirishini ta’kidlamoqda. 
Tramp AQSh Barak Obama tomonidan imzolangan kelishuvdan chiqqanini bir necha bor ta’kidlab kelganiga qaramay joriy yilning 4-noyabridan rasmiy jarayonlarni boshlashi mumkin. Mamlakatning kelishuvdan chiqishi bir yilga cho‘ziladi. Shu tariqa, AQSh 2020-yil 3-noyabrga belgilangan prezidentlik saylovidan oldin Parij iqlim kelishuvidan chiqa olmaydi.