“Paxtakor-79” xotirasi: “Deyarli hamma uchishdan qo‘rqib qolgandi”

  • 16:29 / 11.08.2019
  • 608

1979-yil 11-avgust kuni Dneprodzerjinsk osmonida ikkita Tu-134 samolyotining to‘qnashuvi natijasida 178 kishi halok bo‘lgandi. Ularning 17 nafari afsonaviy futbol jamoasi — “Paxtakor” klubi vakillari edi. 

1979-yildagi SSSR chempionati “Paxtakor” muvaffaqiyati bilan boshlangandi.  Afsonaviy jamoa bir qator muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritgan va faqat Moskvaning "Spartak" jamoasi bilangina 1:1 hisobida durang natijani qayd etgan edi.

Mutaxassislar va futbol ishqibozlari avgust oyiga qadar peshqadamlik qilayotgan Toshkent jamoasining kuchliligini, ularni oldinda porloq kelajak kutayotganini ta’kidlashayotgan edi. Ammo 11-avgust fojiasi klub tarixini “oldingi” va “keyingi”giga ajratib qo‘ydi. 

O‘sha kuni O‘zbekiston jamoasi Toshkent-Minsk yo‘nalishi orqali Minskning “Dinamo” jamoasi bilan  uchrashuvga ketayotgan edi. Ular uchayotgan Tu-134 bortida 84 kishi, shu jumladan “Paxtakor”ning 17 nafar a’zosi bor edi. Ular Dneprodzerjinsk osmonida 88 yo‘lovchi va olti ekipaj a’zosi bo‘lgan boshqa Tu-134 samolyoti bilan to‘qnashib ketgandi. 

Eng daxshatlisi samolyot halokatidan hech kim tirik qolmagan. Halok bo‘lganlar orasida “Paxtakor”ning  bosh murabbiyi Izgay Tazetdinov, shifokor Vladimir Chumakov, ma’mur Mansur Tolibjonov, shuningdek, o‘yinchilar Mixail An, Viktor Churkin, Vladimir Sobirov, Sirojiddin Bozorov, Shuhrat Eshbutayev, Sergey Pokatilov, Ravil Agishish, Olim Ashirov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Aleksandr Korchenov va Vladimir Fedorovlar bo‘lishgan.

O‘sha yili “Paxtakor”da o‘ynagan To‘lagan Isoqov jarohati tufayli “Dinamo” bilan bo‘ladigan uchrashuvga borolmagandi. “Men kiyinish xonasiga kirib, yigitlarni g‘alaba bilan tabrikladim (TASS taxminiga ko‘ra, 8-avgust kuni “Zorya” 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan). Yigitlar menga tezroq tuzalib, jamoaga qaytishimni istashayotganlarini aytishdi. Moskvaga kelganimning ertasi kuni jamoaning o‘limi haqidagi xabarni eshitdim. O‘sha paytdagi ahvolimni tasavvur ham qilolmaysiz. Men umuman davolanmasdan ortimga qaytdim”.

“Paxtakor” jamoasi o‘yinchilari orasida - Volodya Fedorov va Mixail An kabi ajoyib yigitlar bor edi. Eng achinarlisi, asosiy tarkibda biror marta ham o‘ynamagan Sirojiddin Bozorov ham bor edi”,- deydi Isoqov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minskka parvozlar har doim ham tinch o‘tmagan. Shuning uchun ko‘plab o‘yinchilar uchishdan qo‘rqishardi. Minskga ilgari ham parvozlar amalga oshirilardi. Uchayotganimizda quloqlarimiz g‘alati shang‘illab, parvoz doim notinchliklar bilan o‘tardi.

Dafn marosimi fojiadan bir hafta o‘tib, Toshkentdagi Botkina qabristonida bo‘lib o‘tdi. “Bir hafta davomida biz bolalarni olib kelishlarini kutdik, bu o‘zbek futboli, o‘zbek xalqi uchun og‘ir kunlar edi”, - deb eslaydi Isoqov. “Biz yigitlarning xotirasini hurmat qilishimiz kerak. Men ular bilan o‘ynaganman. Oradan 40 yil o‘tdi, lekin men hali ham bunga ishonmayman - men uchun ular hamon tirik!”

Butun dunyo “Paxtakor”ga yordam berdi.

Fojiadan so‘ng SSSR chempionatining reglamentiga qo‘shimcha punkt qo‘shildi.  Unga ko‘ra, “Paxtakor” uch mavsum davomida Premer-ligadan chetlashtirilmaydigan bo‘ldi. Bundan tashqari 15 ta davlat milliy jamoalari vakillari Toshkent jamoasini rivojlantirish uchun harakat qilishdi. Ular orasida Moskvaning “Spartak” yarimhimoyachisi Valeriy Glushakov, SSKdan himoyachilar Mixail Bondarev, Vladimir Nechayevlar, Minsk “Dinamo”sidan hujumchilar Zurab Tsereteli, Petr Vasilevskiylar va boshqalar bor edi. 

“Men jamoada o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdim, lekin yana besh yil davomida bemalol o‘ynashim mumkin edi. Ular meni jamoada yana o‘ynashimni istashdi. Ammo men yangi yigitlarning birortasini tanimasdim, ularning qanday o‘ynashini bilmasdim. Shuning uchun jamoadan ketishga qaror qildim”, - deydi o‘tmishni xotirlab Isoqov.