Penzadagi YTHda jarohat olgan o‘zbekistonliklardan biri vafot etdi

  • 11:38 / 07.06.2019
  • 332

O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 6 iyun kuni Penza viloyati Kuznetsk tumanlararo kasalxonasida O‘zbekiston fuqarosi Patilloyev Sherali Xolnazarovich (06.09.1983 y.da tug‘ilgan) vafot etdi.

4 iyun kuni u va boshqa 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 «Ural» trassasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh miya jarohatlari bilan yuqorida qayd etilgan kasalxonaga joylashtirilgan edi.

Bosh konsulxonaga Penza viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugun taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda quyidagi fuqarolar ushbu davolash muassasasining reanimatsiya bo‘limida:

1. Karakulov Ziyodullo Murtazoyevich, 05.11.1968 y.da tug‘ilgan;
2. Abduravitov Sunnat Islomitdinovich, 06.05.1995 y.da tug‘ilgan;
3. Turdaliyeva Sohibaxon Jurayevna, 24.03.1973 y.da tug‘ilgan;

Travmatologiya bo‘limida:

1. Egamberdiyev Ravshan Xalimjanovich, 08.06.1987 y.da tug‘ilgan;
2. Kosimov Fazliddin Baxriddinovich, 05.03.1986 y.da tug‘ilgan;
3. Abduravitov Musurmon Abdixalil ugli, 15.05.1995 y.da tug‘ilgan;
4. Safarov Nurulla Davlatmuradovich, 16.07.1985 y.da tug‘ilgan.

Marhumning jasadini vatanga qaytarishda konsullik-huquqiy ko‘mak berish va jarohatlangan yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.

Teglar