PFL bosh direktori Davron Shoqurbonov ishdan ketdi

  • 16:01 / 22.05.2020
  • 145

O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) bosh direktori Davron Shoqurbonov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. 

Shoqurbonov 2019-yilning iyun oyida PFL bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan. Ungacha esa u professional hakam sifatida faoliyat olib borgan.

SPORTS.uz saytining xabar berishicha, uning o‘rnini vaqtincha Diyor Imomxo‘jayev egallaydi. Tashkilot buni yaqin fursat ichida rasman e’lon qilishi kutilmoqda.