Pitssa yaratuvchi 3D-printer ishlab chiqildi

  • 18:45 / 03.03.2017
  • 6310

AQShning Ohayo shtatidagi BeeHex kompaniyasi pitssalar chiqarishi mumkin bo‘lgan 3D-printerlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi. Ular buning uchun sarmoyadorlar ham topishdi hamda ular qurilmani ishlab chiqarishni boshlash uchun 1 million dollar ajratdi. Printer Chef 3D deb ataladi hamda mijozning maxsus buyurtmasiga ko‘ra pitssa qilishi mumkin. Bundan tashqari, apparat mahsulot tarkibiga ham o‘zgartirishlar kiritishi mumkin, shuning uchun glyutensiz pitssani tayyorlash mumkin.

Startap o‘z ishlanmasiga yirik pitsseriyalar tarmog‘ini jalb etishni rejalashtirgan, shuning uchun BeeHex rahbari ancha ijobiy kayfiyatda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab kafe va restoranlar egalari mijozlarga “shaxsiy” taomlarni taklif etishni maqsad qilishgan, biroq xodimlarni qayta o‘qitishni istashmayapti, bundan tashqari, buyurtmaga qilingan taom oddiysidan ancha qimmatroqqa tushadi.

Chef 3D printeri ishlab chiqarish xarajatlari va xodimlarni qayta o‘qitish qiymatini kamaytirishga yordam beradi, sababi “bosma” taomni ishlab chiqarish deyarli butunlay avtomatik rejimda bo‘ladi.

Noodatiy printer qachon sotuvga chiqishi noma'lum.

Teglar