Pista ko‘p chaqilganida organizm bilan nima sodir bo‘ladi? (U appenditsitni yuzaga keltirishi rostmi?)

  • 17:53 / 28.06.2019
  • 1499

Umri davomida film tomosha qilayotganida bir uyum pista chaqmagan odam bo‘lmasa kerak. Bu yegulik haqiqatan ham g‘aroyib: pista suhbatni davom ettirish va vaqtni qisqartirishda yordam berishidan tashqari, yuqori biologik qiymatga ega. Undagi kaliy miqdori apelsin va bananlarga qaraganda 5 marta ko‘proq, deya ta'kidlaydi adme.ru.

U organizmga qanday ta'sir ko‘rsatishiga oydinlik kiritamiz.

Foto: Depositphotos

Yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi

Bor-yo‘g‘i 50 gramm pista organizmning kuchli antioksidant - Ye vitaminiga kunlik ehtiyojini qondiradi. Ye vitamini ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi, yurak mushaklarining normal faoliyatini saqlashda yordam beradi. Shuningdek, yurak va tomirlarga magniy zarur, pistada u katta miqdorda.

Pista yurak salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan mono va yarim to‘yintirilgan moylar manbai. Agar undan kuniga 100 gramm iste'mol qilinsa, nafaqat ateroskleroz,balki miokard infarktining ham oldini olish, qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin.

Foto: Depositphotos

Kislota-ishqor muvozanatini normallashtiradi

Pista shilliq qavat va oshqozondagi kislota-ishqor muvozanatini normaga keltiradi. Shu tufayli ularni jig‘ildon qaynashiga qarshi vosita sifatida qo‘llash mumkin.

Foto: Depositphotos

Yoshlik va go‘zallikni saqlashda yordam beradi

Kungaboqar urug‘lari vitaminli komleks va bioqo‘shimchalardan kam emas: bu A, Ye, D va V guruhlari vitaminlari, shuningdek ko‘plab to‘yinmagan moylarga boy. Shuning uchun ham kosmetologiyada pistadan unumli foydalanishadi. U qarish jarayonini sekinlashtiruvchi a'lo vosita sanaladi, ko‘rish qobiliyati, teri, soch va tirnoqlar, reproduktiv tizimga ijobiy ta'sir qiladi. O‘smirlikda pista husnbuzarlardan xalos bo‘lishda yordam bera oladi.

Organizm tonusini qo‘llab-quvvatlaydi

Pistani televizor oldida chaqasizmi yoki uni salat hamda boshqa taomlarga qo‘shasizmi, u organizm tonusini a'lo darajada qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, bu mashhur snek yog‘ almashinuvini normallashtirib, asab va endokrin tizimini saqlashda yordam beradi.

Foto: Depositphotos

Asab tizimini tinchlantiradi

Rasmda: Tinchlantiradi

Bu ham tinchlantiradi

Pista chaqish jarayonini meditatsiyaga taqqoslash mumkin: asab tizimi tinchlanadi, ruhiy muvozanat tiklanadi. Xavotirga solayotgan muammolardan chalg‘iymiz, depressiya holatidan tezroq chiqamiz, uyqusizlikdan xalos bo‘lamiz va sigareta chekish istagini yo‘qotamiz.

Foto: Depositphotos

Quvvatliligi

100 gramm pistada deyarli 600 kkal bor. Bir tomondan, u tarkibidagi magniy tufayli kuchni tezda tiklash, shuningdek, og‘ir jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida mushak massasini mustahkamlash va o‘stirishda yordam beradigan quvvat bombasi. Boshqa tomondan esa bir necha filmni tomosha qilish davomida 300 g li pista o‘ramini chaqish kaloriyaning kunlik normasiga teng. Bu esa qomat uchun sezilarli zarba.

Qarshi ko‘rsatmalar

Foydali jihatlariga qaramay, har qanday mahsulotda bo‘lgani kabi pistaning ham qarshi ko‘rsatmalari mavjud. Oshqozon yarasi, enterokolit, podagra, gastritga chalingan kishilarga kungaboqar urug‘ini iste'mol qilish mumkin emas. Pista safro ajratilishini kuchaytiradi, shuning uchun ham o‘t pufagi toshlari kasalligida iste'mol qilish kerak emas.

Pistani shifokorlar keksa kishilar va bo‘g‘im kasalliklaridan aziyat chekadigan kishilarga tavsiya etishmaydi. U to‘yinmagan kislotalarga boy bo‘lgani uchun bo‘g‘im to‘qimalari yanada ko‘proq yallig‘lanadi. Quvvatliligi haqida ham unutmaslik kerak: semizlikdan aziyat chekadigan odamlar pistani ko‘p iste'mol qilmaganlari ma'qul.

Foto: Depositphotos

Ehtiyot bo‘ling: kadmiy!

Kungaboqar urug‘larining salbiy jihati – o‘simlikka tuproq, havo va suv orqali singadigan kadmiyning mavjudligi. To‘planganida bu metall odam organizmida buyraklar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi patologik jarayonlarni chaqiradi. Bir necha yil davomida har kuni zaharlangan pista iste'mol qilish hatto jismoniy baquvvat kishilar salomatligiga ham putur yetkazishi mumkin.

Foto: Depositphotos

Tishlar

Agar muntazam pista chaqsangiz, bunday mexanik ta'sir ko‘rsatish emalning yemirilishiga olib keladi, shuningdek, darz ketish va kariyes rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Odatda, old tarafdagi tishlar ko‘proq aziyat chekadi.

Foto: Depositphotos

Appenditsit

Pista appenditsit chaqirishi borasidagi bahslar dolzarbligini hali ham yo‘qotmagan. Yetarli asoslar mavjud emasligiga qaramay, ayrim shifokorlar pista sababli appendiks yallig‘lanishi ehtimoli mavjud deb hisoblashadi. Agar u po‘chog‘i bilan ko‘p miqdorda iste'mol qilinsa, oshqozon va ichaklarni ifloslantirish mumkin. Oqibatda appenditsit real holatga aylanadi.

Pistaga tobelik

Tibbiyot nuqtai-nazaridan pistaga tobelik mavjud emas. Biroq muayyan psixologik o‘rganish yuzaga kelishi mumkin: pista chaqish vaqtida hech narsa haqida o‘ylamaymiz, xotirjam bo‘lamiz. Bu o‘ziga xos meditatsiyaga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda, pista chaqish odatga aylanishi mumkin, biroq muayyan tobelikni yuzaga keltirmaydi.

Nima qilish kerak: chaqishmi yoki chaqmaslik?

Tarkibida vitamin, aminokislota, makro- va mikroelementlar mavjudligi hisobga olinsa, u organizmga katta foyda keltiradi. Biroq mahsulotning sifatini (kadmiyni yodga olamiz) hisobga olish va ko‘p miqdorda iste'mol qilmaslik kerak. Kuniga 50-150 dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yaxshisi haftasiga ikki martadan ko‘p iste'mol qilmagan ma'qul. Eng foydali moddalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi ham salomatlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Yaxshisi, qovurilmagan emas, xom urug‘larni chaqish kerak. Sho‘r pistadan esa butunlay voz kechgan ma'qul.

Siz pistani qancha miqdorda iste'mol qilasiz?

Teglar