Plastik sayyoramizni asta-sekin o‘ldirishi haqidagi fotogalereya

  • 16:22 / 23.05.2019
  • 894

Zamonaviy insoniyatning katta fojialaridan biri – sayyoraning plastik bilan ifloslanishi. So‘nggi yetmish yil ichida deyarli 6,3 milliard tonna plastik buyumlari ishlab chiqarildi. Biroq juda oz qismigina qayta ishlangan: to‘qqiz foizdan ortiq emas. Biroz ko‘proq qismi, 12 foizga yaqini yoqib yuborilgan. Axir u ertami-kechmi organizmimizga tushadi, kichik qismlari hayvon va qushlarning ozuqasiga aylanadi. Olimlar deyarli barcha dengiz qushlarining tanasida plastik mavjudligini aniqlashgan. Dengiz mavjudotlari ham bundan mustasno emas.

Foto: TravelAsk

Dayverlar Indoneziya qirg‘oqlarida ulkan plastik to‘riga o‘ralib qolgan akulani qutqarishga harakat qilishmoqda

Foto: TravelAsk

Qizil dengizdagi bo‘yniga plastik xalta o‘ralgan dengiz toshbaqasi

Foto: TravelAsk

Angliya, qirg‘oq bo‘yidagi bo‘yniga sirtmoq solingan tyulen

Foto: TravelAsk

Indoneziyada olingan dahshatli surat

Foto: TravelAsk

Paxtali tayoqchani tutgan dengiz oti

Foto: TravelAsk

Bayrut yaqinidagi plastik butilkalar tog‘i

Foto: TravelAsk

Mitti krab plastik stakandan chiqa olmayapti, Filippin

Foto: TravelAsk

Qisqichbaqa Okinava orolidagi plastik idish qopqog‘iga berkindi

Teglar