Pokemondan 4 biznes sabog‘i

  • 14:32 / 13.03.2015
  • 4439

XABARDOR.UZ - Boshida hazil tariqasida o‘ylab topilgan “Pokémon Branding” loyihasi internet olamini zabt etdi va keyinchalik binesmenlarning qo‘llanmasiga aylandi.

Raqamlar haqiqatdan so‘ylaydi. Bir oy ichida “Pokémon Branding” sayt loyihasini 400 mingga yaqin odam kirib ko‘rgan. Uning muallifi, gollandiyalik dizayner Sebastian de Vit bu haqda shunday deydi:

“Bir kuni ertalab o‘rnimdan turib, minglab insonlar saytimga tashrif buyurishganining guvohi bo‘ldim. Men bunday bo‘lishini sira kutmagandim”.

Loyihaning asosiy zamirida “2015 yil uchun pokemonlar timsoli akti” deb hazilomuz nomlangan g‘oya yotardi. Dizayner personajlardan ommaviy mediafranshizlarda foydalandi va ularning shaxsiy fazilatlari asosida yakka tartibdagi kompaniyalar yaratdi.

De Vit San-Fransiskoda yashaydi va u Apple, Sony, HP va Mozilla kabi kompaniyalar uchun dizayn-loyihalar tayyorlab beradi. Uning tasdiqlashicha “Pokémon Branding”ni shunchaki ishdan bo‘sh vaqtlarida shakllantirgan.

“Men ham uyda, ham ishda o‘zing uchun foydalanadigan biror-bir qiziqarliroq narsa yaratish haqida qaror qildim”.

de Vitning ishini baholash uchun aynan tegishli mutaxassis bo‘lish shart emas. Uning rasmlari geymerlar va dizaynerlar ommasini hayratga soldi. Biroq gap yaxshi ishlangan grafikada emas.

Bu qoralamalar tadbirkorlarga ko‘p narsa o‘rgatishi mumkin. Ular aniq biznesning ayrim asoslarini ko‘rsatib berishadi. “Pokémon Branding” tomonidan har qanday kompaniya salohiyatini oshiradigan to‘rt maslahatni e'tiboringizga havola etamiz.

1. Biznes tashkil etayapsizmi, avvalo, uning vizual dizayni haqida qayg‘uring

Eslaganda yoqimli tuyuladigan logotip va qulay sayt — bularning bari sizning sarmoyadoringiz yoki mijozingizga xali ofisingiz ijara shartnomasini imzolamasingizdan burun xabar berib qo‘yadi. de Vita tomonidan yaratilgan mana bu kulib turuvchi piyoz — Oddishaga nazar soling. U birdan barchaning yodida qoladi. Agar ushbu dizayn biror-bir fermer xo‘jaligi tomonidan qo‘llanilsa, xaridorlarni uzoq intiq qilmaydi. De Vit shunday deb ta'kidlaydi:

“Oddish doim mening yaqinim bo‘lgan. U quvnoq, yosh va yam-yashil... Pokemonlarni tomosha qilish va ularga yangidan yangi ko‘rinish berish menga doim zavq bag‘ishlaydi”.

2. O‘z iste'dodingizdan foydalaning

Endigina tuzilgan kompaniyalar yuksak iste'dod, mustahkam aloqalar va muassislarning qobiliyatga ega ekanligi tufayli bardavom faoliyat yuritib kelishgan. Ditto biznesi uchun pokemonning raqibi sifatida de Vit navbatdagi profilni joriy etdi:

“Aytishlaricha, ushbu sirli kompaniya qalbaki va kontrabanda xorijiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan qandaydir aloqasi bor emish”.

Bu haqda De Vit shunday deydi:

“Haqiqatda tan olib aytish kerakki, bozorni qalbaki mahsulotlar bosib ketdi. Men ham aynan shu narsaga ko‘p bor duch kelganman. Shuning uchun Ditto kompaniyasiga mana bunday profil yaratib berdim. Ishonchim komilki, barchasi o‘z o‘rniga tushadi”.

3. Muhimi — aniqlik va qisqalik

Shunday qilingki, xaridorlar kompaniyangizning nima bilan shug‘ullanishini bir qarashdanoq bilib olishsin. Naglyadno pokajite vsem, chem zanimayetsya vasha kompaniya — pust pokupateli poymut eto s pervogo vzglyada. O‘zini Kanto hududini elektr quvvatlantiruvchisi hisoblovchi “Electrabuzz” kompaniyasi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi mavqeini saqlab turibdi. Uning logotipi bo‘lmish sanchqi esa barchasini aytib turibdi.

“Bu personaj mening ko‘p vaqtimni olgandi. Uni yaratish jarayonida 20 dan ziyod turli konseptlar variantini ko‘rib chiqdim va nihoyat bir to‘xtamga keldim. Undagi Ye harfi sanchqini eslatadigan bo‘ldi. Umuman olganda pokemon Elektabazz deb nomlangandi, lekin o‘ylashimcha, Electrabuzz jarangliroq eshitiladi va u shunday bo‘lib qoldi”, — deydi de Vit.

4. Keraksiz detallardan qoching

Har qanday nogohoniy g‘oya loyihaning butun bir qismini egallashi mumkin. Shu bois keraksizlaridan yuz o‘giring. De Vit buni Skvirtl taqdimotida boshidan o‘tkazdi: u pokemonlarning bir qancha namunalarini yaratdi, biroq ularning hech biri arzirli bo‘lib chiqmadi. Shu bois de Vit bu g‘oyani ixchamlashtirdi va ko‘nglidagidek personaj yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Uning bu mehnatini muallifning shaxsiy sayti orqali kirib ko‘rish mumkin.

“Gohida bir nafas to‘xtab boshqa loyiha ustida ish olib borgan ma'qul. Muhimi barchasini chin ko‘ngildan bajarishdadir”, — deb so‘ziga yakun yasaydi de Vit.

Teglar