Pokiston Hindistonning harakatlari yuzasidan BMTning favqulodda yigʻilishi oʻtkazilishini soʻradi

  • 09:01 / 14.08.2019
  • 345

Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Qurayshiy BMTga Hindistonning Jammu va Kashmir boʻyicha xatti-harakatlari yuzasidan Xavfsizlik kengashining favqulodda yigʻilishini oʻtkazish iltimosi bilan maktub yoʻlladi. 

Qurayshiyning aytishicha, Hindiston bir tomonlama tarzda ushbu hududning demografik strukturasini oʻzgartirishga harakat qilmoqda, Kashmir xalqining asosiy huquqlari, jumladan oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini buzmoqda. Pokiston tashqi ishlar vaziri, shuningdek, yigʻilishda Pokiston hukumati vakiliga ishtirok etishga ruxsat berilishini soʻragan.

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind 5-avgustda Jammu va Kashmir shtatining maxsus maqomini bekor qilish haqidagi farmonni imzolagandi. Unga koʻra, shtat oʻrnida kamroq huquqlarga ega boʻlgan ikkita ittifoqdosh hudud tashkil etiladi. 

Hindistonning Kashmirda yashovchi musulmon ozchiligini qoʻllab-quvvatlovchi qoʻshni Pokistonda ushbu qarorga qarshi chiqilgan.

Teglar