Pokiston yo‘lovchi samolyoti Karachi shahri yaqinida qulab tushdi

  • 15:52 / 22.05.2020
  • 381

Bortida kamida 100 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Pokistonning Karachi shahri yaqinidagi turar-joy hududida halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi agentligiga tayanib, Al Jazeera xabar bermoqda.
 
“Samolyot Karachida qulab tushdi. Biz yo‘lovchilar sonini aniqlashga harakat qilyapmiz. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bortda 99 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan”, dedi aviatsiya ma’muriyati matbuot kotibi Abdul Sattar Xoxar.
 
“Mamlakat milliy televideniyesida namoyish etilgan tasvirlarda Pokiston xalqaro aviakompaniyasining samolyoti turar-joy hududiga qulaganligi namoyish etilgan. Bu mamlakat tijorat reyslarini tiklashga ruxsat bergandan bir necha kun o‘tib yuz berdi”, deyiladi xabarda.