Polsha Yevropa Ittifoqi bilan chegaralarini ochmoqchi 

  • 10:36 / 11.06.2020
  • 357

Polsha hukumati Yevropa Ittifoqi uchun chegaralarini ochishni mo‘ljallayapti. 2020-yilning 13-iyunidan keyin bu mamlakatga kelgan sayyohlar karantin muddatini o‘tashi shart emas. Shengen hududidagi mamlakatlar, shuningdek, Italiya uchun ham barcha tekshiruvlar olib tashlanadi. Bu demak, 13-iyundan boshlab polyaklar chegarasi ochiq davlatlar bo‘ylab bemalol yurishi mumkin. Hozirgi kunlarda Chexiya, Slovakiya, Vengriya va Avstriya aholisi o‘zaro bordi-keldi qilishlari mumkin

2020-yilning 11-iyun holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan og‘riganlar soni 7 360 352 kishiga yetgan. Shundan 3 603 370 nafari sog‘aygan.