$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

Toshkent viloyatida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

20:43 / 30.01.2023

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ham maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, tumanda Janubiy Koreyaning “SEJIN G&E Co Ltd” Janubiy Koreyaning maishiy chiqindilar poligonlaridagi chiqindilardan gaz olib, gazni qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishiga start berildi.

Mutaxassislarning maʼlumotiga koʻra, “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan chiqindi poligonining umumiy maydoni 89 gektarni tashkil qilib, ushbu poligonga Toshkent shahridan bir kunda qariyb 2 ming tonnagacha chiqindi tashlanadi.

Ushbu chiqindilarning hajmi kattaligi hamda oʻz vaqtida utilizatsiya qilinmasligi tufayli atrof-muhitga katta ziyon yetmoqda.

Shu boisdan “Chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqish” investitsiya loyihasi doirasida Ohangaron qattiq maishiy chiqindi poligoni hududidan 1 gektar yer maydoni ajratildi.

Umumiy qiymati 55 million dollarga teng boʻlgan ushbu loyihaning yillik elektr ishlab chiqarish quvvati 16 megavattni tashkil etadi.

Loyiha doirasida poligondagi chiqindilarning usti yopilib, ulardan gaz olinadi. Gazni qayta ishlab chiqarish evaziga esa elektr energiyasi olinadi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida muqobil elektr energiyasi olishga erishilishi bilan bir qatorda, atmosferaga koʻp miqdordagi issiqxona gazlarining chiqishi, yer osti qatlamiga zararli moddalarning singishi, shuningdek, turli epidemiologik kasalliklarning kelib chiqishining oldi olinadi.


Bu ham qiziq

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob berdi.
09:54 / 12.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘ris…
10:47 / 12.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!