Poyezdda nima uchun smartfonni o‘chirib qo‘yish kerak?

  • 11:48 / 16.06.2020
  • 791

Aniqlanishicha, mobil aloqa nobarqaror hududlarda smartfon o‘z quvvatini bir necha barobar tezroq yo‘qotar va bunga uning yaqin oradagi bazaviy stansiyani qidirish uchun tinmay ishlashi sabab bo‘lar ekan. Bu haqda “Praym” agentligiga IA Telecom Daily’ning bosh direktori Denis Kuskov ma’lum qildi. 
“Stansiya qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, telefon batareyasi shunchalik tez “o‘tirib” qoladi. Buni ayniqsa, poyezdda yurganda ilg‘ab olish oson. Hatto foydalanmasangiz ham bir kechada akkumulyator to‘la quvvatsizlanib qoladi”, deya tushuntiradi ekspert. Shuning uchun ham, manzilga yetib borganda aloqasiz qolmaslik uchun, yo‘lda gadjetni o‘chirib qo‘ygan ma’qul.  

Avvalroq smartfondan foydalanuvchilarga uning samaradorligini oshirishning oddiy sirlari ochib berilgandi. Aynan, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis Arseniy Shyeltsin foydalanuvchilarga smartfondagi foydalanilmay turgan barcha ilovalarni o‘chirib tashlashni maslahat bergan edi. Smartfonga o‘rnatilgan har qanday dastur ertami yoki kechmi baribir internetga ulanadi: turli ma’lumotlarni jo‘natish va yangilashni so‘raydi. Agar ular olib tashlansa, gadjet quvvatning 10 foizini saqlab qoladi.  

May oyi oxirida mutaxassis smartfonni quvvatlantirishni kechasiga qoldirishning naqadar xavfli ekanligini tushuntirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu avvalo telefonning ishlashiga salbiy ta’sir qiladi. Quvvatlantirishni kechasiga qoldirishga to‘g‘ri kelsa, smartfonni parvoz rejimizga o‘tkazib qo‘yish kerak. Bu signallar nurlanishini kamaytiradi. Ishlab chiqaruvchilar esa telefon quvvatini 20-30 foizdan tushirib yubormaslikni va to‘la quvvatsizlanib, o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikni maslahat berishadi. Shuningdek, akkumulyatorni to‘ldirib yuborish ham tavsiya etilmaydi. Bu holatlar akkumulyatorning xizmat muddatini qisqartiradi, ishdan chiqishini tezlashtiradi.