Premyer Liga: 6 kishida koronavirus tahlili ijobiy chiqdi

  • 10:44 / 20.05.2020
  • 60

Premyer Liga koronavirus uchun topshirilgan test natijalaridan 6 ta ijobiy holat topilganini ma’lum qildi. Bu haqda Goal xabar berdi.
Klub shtablari bir hafta ichida 748 ta test topshirgan.
Ijobiy natijalar uch jamoa vakillarida tasdiqlangan. 
Ijobiy tahlil aniqlangan klub futbolchilari va xodimlari 7 kunlik izolyatsiyaga olingani qo‘shimcha qilingan.
Ulardan biri “Byornli” jamoasi yordamchi murabbiyi ekanligi aytilmoqda.
Premyer Liga keyingi oydan boshlab mavsumni qayta tiklash maqsadida may oyidan kichik guruhlarga bo‘lingan holda kechadan boshlab mashg‘ulotlar olib borishni rejalashtirgandi.