Prezident bir guruh qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

  • 09:48 / 07.03.2020
  • 349

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan jamiyatdagi faol ayol-qizlarni taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga ko‘ra, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida:
1.  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2.  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Ibragimova Nazokat Muxtarovna - Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti;
Nuratdinova Dinara Yelubay qizi - Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;
Abdumo‘minova Nigora Ixtiyorovna - Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi

Noʻmonova Zulfira Iqboljon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);

Rajabova Nilufar Komiljonovna - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati);

Xolikova Nozima Nematilloyevna - Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti;

Ibragimova Vazira Xusan qizi - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Ma’rifat va hikmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati muharriri (Jizzax viloyati);

Ilxomova Sevara Davron qizi - Jizzax politexnika institutining 3-bosqich talabasi;

Norchayeva Madina Norchayevna - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);

Olimjonova Begoyim Mansur qizi - Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Omonboyeva Merey Erali qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi;

Saparova Sitora Shaydullo qizi - Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Azimova Dilafro‘z Alamxon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
Tojiboyeva Olimaxon Ikromjon qizi - Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi;

Musulmonova Kamola Xusniddin qizi - Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti;

Usmanova Nurinisso Olimovna - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Muxamadiyeva Sitora Shuxratjon qizi - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi;

Samatova Shahnoza Ortiqboy qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);

Abdurazaqova Ruxshona Ilhomjon qizi - Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi;
Qayimova Sabina Olimovna - Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining to‘garak rahbari (Surxondaryo viloyati);

Boltayeva Mohira Matyoqub qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);

Jalolova Mohinur Ziyovuddin qizi - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent viloyati);

Xabibullayeva Nozima Xayrullo qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati);

Xomidova Nasiba Yunusjon qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti;

Alimova Maxliyo Maxmud qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 6-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);

Sharipbayeva Nazokat Quroltoy qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);

Dzivinskaya Yuliya Stanislavovna - 2-Respublika tibbiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent shahri);

Tog‘aymurodova Shaxnoza Shuxrat qizi - Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.