Prezident farmoni: poytaxt va viloyatlarga hokimlar tayinlandi

  • 09:39 / 14.01.2020
  • 928

Foto : Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining 12 ta viloyati va Toshkent shahar hokimini lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeyoning farmonlari qabul qilindi.

Jumladan, farmonlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlariga muvofiq:

Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga;

Barnoyev O‘ktam Isoyevich Buxoro viloyati hokimi lavozimiga;

Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga;

Tursunov Qobul Beknazarovich Navoiy viloyati hokimi lavozimiga;

Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Namangan viloyati hokimi lavozimiga;

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga;

Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga;

Bobolov To‘ra Abdiyevich Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga;

Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga;

G‘aniyev Shuhrat Madaminovich Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga;

Ermanov Farxod O‘rozboyevich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga;

Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga;

Ortiqxo‘jayev Jahongir Obidovich Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-yanvar kuni o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining saylovdan keyingi birinchi sessiyasi majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Yerniyazov Musa Tajetdinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi etib saylandi.