Priyanka Chopra o‘zi va erining salomatligidan xavotirda 

  • 20:30 / 02.04.2021
  • 90

Aktrisa Priyanka Chopra koronavirus infeksiyasi tufayli tahlikada qolganini aytdi. Ijodkor pandemiyani jiddiy xavf deb hisoblaydi va yaqinlarining salomatligidan xavotirga tushgan. 

“Bu juda ham sarosimali palla. Turmush o‘rtog‘im (Nik Jonas) 1-tur qandli diabet, men esa astmadan aziyat chekaman. Onam biz bilan birga yashaydilar, o‘zimni yuzlab odamlar uchun javobgardek his qilaman. Pandemiya nafaqat salomatlik bilan bog‘liq muammolar va ko‘plab insonlarning o‘limi, balki ish va umumiy barqarorlik tushunchasiga doir ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘ldi. Bu juda ham qo‘rqinchli”, dedi Priyanka. 

38 yoshli aktrisa ayni vaqtda Buyuk Britaniyada bo‘lib turgani, bu yerdagi qat’iy talablar tufayli har kuni koronavirusga test topshirayotganini aytgan. Uning xavotiriga aktyor va aktrisalarning suratga olish vaqtida niqobsiz ishlashlari sabab bo‘lgan.