“PSJ” bosh murabbiyini olib qolmoqchi

  • 11:34 / 15.06.2020
  • 918

Tomas Tuxel kelasi mavsum ham “PSJ”ni boshqaradi. Bu haqda klub sport direktori Leonardo ma’lum qildi.
“Tomas Tuxel bilan tuzilgan shartnoma yana bir yil amal qiladi. U kelasi mavsum ham “PSJ”da qoladi. Tomas a’lo ishni bajarmoqda, yaxshi natijalarga erishmoqda. Shartnomani uzaytirish masalasini hali ko‘rib chiqamiz, bunga vaqt bor” degan Leonardo.
“PSJ” joriy mavsumda Fransiya chempionatini yutdi, Chempionlar Ligasida esa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.