Putinning eng sevimli mashg‘uloti nima?

  • 21:00 / 30.03.2021
  • 59

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning eng sevimli mashg‘uloti kitob o‘qish ekanligini ma’lum qildi. 

“Uning sevgan mashg‘uloti – o‘qish. Asosan tarixiy adabiyotlar va xotiralar”, dedi Peskov. 

Uning aytishicha, Putin gazetalarni mutolaa qiladi, olmon va ingliz tilida yuritiladigan telekanallarni kuzatadi. Haftada bir necha marta ingliz tili bilan ham shug‘ullanadi. 

Peskov shuningdek, uy hayvonlari Vladimir Putin hayotining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlagan.