Qanday fazilatli odamlar ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiladi?

  • 14:24 / 08.10.2019
  • 1173

Agar boshqalar sizdan mamnun bo‘lishini istasangiz, unda o‘zingizdagi kerakli fazilatlarni rivojlantirishingiz kerak. Hamisha atrofiga ko‘plab odamlarni (suhbatini eshitish uchun o‘z xohishi bilan keladigan odamlar) yig‘ib oladiganlarda asosan quyidagi xususiyatlar rivojlangan bo‘ladi.  

1. Ular boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishadi.

Buning uchun odam o‘z menini biroz bo‘lsa-da, cheklashi kerak. Suhbatdoshingizdan yaxshiroq bo‘lishga harakat qilmang. Yutuqlaringizni maqtanib o‘zingizni yaxshiroq qilib ko‘rsatishga urinmang. Yaxshi odamlar bunday qilishmaydi. Ular o‘zgalardga o‘z holicha yaxshi ko‘rinishlariga ishonadilar.  

2. Ular o‘z bahosini bilishadi.

Jozibali odam o‘z qadrini biladi. O‘z darajasini bilish insonga ko‘plab hayotiy vaziyatlarda yordam beradigan fazilat hisoblanadi.

3. Uning yonida odamlar o‘zlarini qulay his qilishadi.

Bunday odamning yonida o‘zingizni bemalol his qilasiz. U bilan muloqot qilish zerikarli bo‘lmaydi, chunki u boshqalarga o‘z holicha gapirishlariga imkon beradi. Ular kimnidir o‘zgartirishga harakat qilishmaydi. Jozibali insonlar odamlardagi yaxshi fazilatlarni ko‘rishga harakat qilishadi. 

4. Ular negativlardan qochishadi.

Odamzot atrofidagilarning xatti-harakatlarini qaytarishga moyil bo‘ladi. Albatta, biz pozitiv odamning yonida o‘zimizni ancha yaxshi his qilamiz. Axir, ular bizga ijobiy energiya ulashadi. Ko‘plab insonlar bunday odam bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Negativlar bilan esa aksincha. 

5. Ular boshqalarni qo‘llab quvvatlashadi.

Jozibali odam boshqalarni maqtashni yaxshi ko‘rishadi. Bu yo‘lda ular to‘g‘ri so‘zlarni topib gapirishga, rag‘batlantirishga va yordam berishga qodir. Bunday odam atrofidagi hammani xursand qilishni istaydi.

6. U raqobat qilmaydi, balki hamkorlik qiladi.

O‘zingizni atrofingizdagilar oldida yaxshi ko‘rsatib o‘zgalarni g‘iybat qilishingiz shart emas. Odamlar bilan shunchaki oddiy muloqot qilishdan cho‘chimang. Jozibali odam g‘iybat va fitnalarsiz o‘ziga yangi tanishlar orttiradi. Bu nafaqat shaxsiy hayotda, balki biznesda ham muvaffaqiyatga erishish usullaridan biridir.

7. Ular zaif bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqishmaydi.

Ochiq, samimiy odamlar o‘z his-tuyg‘ularini, qiyinchiliklarini boshqalarga aytishdan cho‘chishmaydi. Odamlar esa bunga javoban o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishadi. Buning sababi, inson uni tinglaydigan va qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar borligini his qilishga doimo muhtojlik sezadi.