Qanday holatlarda issiqlik ta’minoti uchun kamroq to‘lash mumkinligini bilasizmi?

  • 10:22 / 03.12.2019
  • 557

Isitish davrida turar joy xonalari havosining normativ harorati kamida 20°S bo‘lishi lozim.

Bunda, sutkaning tungi vaqtida (soat 22:00 dan soat 06:00 gacha) normativ haroratning 3°Cdan ortiq bo‘lmagan pasayishiga ruxsat etiladi.

Isitish davrida uyda havo harorati ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lganda haroratdan chetga chiqishning har bir darajasi uchun to‘lov miqdori amalda belgilangan to‘lovning 0,15 foiziga kamayadi.

Teglar