Qanday qilib hasaddan saqlanish va baxtli bo‘lish mumkin?

  • 15:48 / 24.12.2014
  • 5269

Ba'zida insonning barcha ishlari yaxshi bo‘lsa-da, o‘zini baxsiz his qilaveradi. Donolar “O‘zingizni boshqalar bilan solishtirma. Hasad qilma!” deyishadi.

Xasad depressiyani keltirib chiqaradi, gastritga olib boradi. Mana hayotimiz qayerdan zaharlanishni boshlaydi. Quyidagi baxtning belgilari esa shu yerda to‘xtashni, o‘zingizning haqiqiy muvaffaqiyatlaringizni baholashni, shu bilan birga, oddiy va baxtli yashashni o‘rgatadi.

Oilangiz bilan munosabatlaringiz oldingi vaqtda qaraganda ancha osoyishtadir.

Siz qanchadir miqdorda pulingiz bo‘lishini istab, unga erisholmagan bo‘lsangiz ham ayni kun bilan yashayapsiz.

Boshqalarning yordami va qo‘llab-quvvatlashini o‘zingizga qaratishdan qo‘rqmaysiz.

Uyga katta mamnuniyat bilan qaytasiz.

O‘z-o‘zingizga bahoyingizni doim oshirib borasiz.

Yashashingizga halaqit qilayotgan hamma narsadan qutulgansiz.

Ko‘zguda kimni ko‘rishni istasangiz, shuni ko‘rasiz.

Ichki tanqidingiz sizga yuqori baho beradi va ijobiy fikrlarni afzal ko‘rasiz.

Siz uchun istalgan ishni qiladigan insonlar qo‘llab-quvvatlashiga egasiz.

Omadsizlik va g‘ovlar o‘sishning bir bo‘lagidir.

“Men sizni sevaman” degan so‘zni ko‘plab insonlardan eshitgansiz.

Mumkin bo‘lmagan narsalarni qabul qilasiz, qabul qilish mumkin bo‘lmagan narsalarni o‘zgartirasiz.

Boshqa hech narsadan afsuslanmaysiz.

Ota-onangizni ayblamaysiz va ular qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilasiz.

Siz haqingizda o‘ylayotganlarga siz ham qayg‘urasiz.

O‘tmishingizdan ko‘nglingiz to‘q.

Siz boshqalarning muvaffaqiyatini qayd eta olasiz.

O‘z tuyg‘ularingizni boshqalar bilan bo‘lishish va his qilishga ruxsat bermaysiz.

Vaqt va kuchingizni sarflashingiz uchun ishtiyoq bor.

Siz xushomadlarni to‘g‘ri tushuna olasiz.

Hayotingizda intiqlik bilan kutilayotgan narsa va voqeliklar bor.

O‘z yo‘lingiz mavjud.

Siz boshqalarni yetaklay olasiz.

O‘z ishingiz bilan bog‘liqligingizni his qilasiz.

Siz o‘zingizni sevasiz va boshqalarning sevgisini qabul qilasiz.

Teglar