Qarshida YPX xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 3 nafar shaxs qamoqqa olindi

  • 17:13 / 17.09.2021
  • 172

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrining markaziy ko‘chalarining birida sodir bo‘lgan janjal videosi tarqaldi. Mazkur video bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
 
Qayd etilishicha, 16-sentyabr kuni soat 23:00 larda Qarshi shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlariga 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. hamda uning sheriklari 1995-yilda tug‘ilgan N.A. va 1987-yilda tug‘ilgan X.A.lar mast holatda faol qarshilik ko‘rsatgan.
 
Ularga nisbatan MJtKning 183 (mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari hamda JKning 219-moddasi  (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Hozirda huquqbuzarlar prosessual tartibda qamoqqa olingan.