Qashqadaryo viloyati hokimi ham tasdiqlandi

  • 15:45 / 13.01.2020
  • 298

Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, bugun – 13-yanvar kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Unda O‘zbekistonning “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuninnig 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashi a’zolari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan 24-Denov saylov okrugidan deputat Mirzayev Zoyir Toirovichning nomzodini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatiga ham hokim tasdiqlangan edi.