Qashqadaryo viloyatining boshqaruv organida yana bir o‘zgarish 

  • 14:58 / 02.12.2019
  • 359

Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga boshliq tayinlandi.

Rayimqulov Nu’mon Rayimqulovich O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019-yil 2-dekabrdagi 232-K sonli bo‘yrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U shu paytgacha Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida ishlab kelgan.

Avvalroq, "Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filialiga Yakubov Jamshid Raxmatullayevich, Xalq banki viloyat filialiga esa Xasanov Sardor Xazratqulovich rahbar etib tayinlangani haqida xabar tarqalgan edi.