Qashqadaryoda IIB xodimlari kiyimini kiyib, Tik Tok’ka video joylaganlar sud qilindi

  • 09:29 / 05.09.2021
  • 241

Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining YHXB formasini kiyib video olgan qiz va yigitlar jazolandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi E.D., Ya.Sh., X.X.lar qonun bilan qo‘riqlandigan davlat organlari vakillarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu ikkita videolavha yuzasidan to‘plangan hujjatlar yaqinda JIB Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat O‘z R. MjTKning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida malakalanib, YHXB formasidagi qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari va haydovchi va YHXB inspektori vazifasi bajargan yigitlar Ya.Sh. X.X.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.