Qashqadaryolik ona-bola 11 kishini jami 4,3 ming dollarga  “uxlatib ketdi” 

  • 16:47 / 07.04.2021
  • 45

Qashqadaryolik ona va uning qizi – X.Z. hamda T.I.,lar Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilib jami 11 nafar fuqaroni chuv tushirgan. 

Surishtiruvda ularning jami 11 nafar fuqarolardan 4 300 AQSH dollarini olib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, T.I.,ning 2021-yil 1- va 2-aprel kunlari Shahrisabz shahar TB bosh shifokori va kotibasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorilariga telefon orqali o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, “SMS” xabar yozib, yuqoridagi fuqarolarni ism- familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgani aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.