Qashshoqlik, migratsiya va yomon ekologiya: fotograf AQShni noodatiy rakursdan ko‘rsatdi

  • 11:40 / 01.03.2019
  • 2717

Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyot, ilm-fan sohalari a'lo darajada rivojlangan, fazoviy muvaffaqiyatlarga erishayotgan, hammaning havasi keladigan tibbiyotga ega qudratli davlat hisoblanadi. Biroq mamlakat qay darajada ilg‘or bo‘lmasin, aholisining yuz foizi bir xil yuqori darajada yashay olmaydi. Farovonligi bilan ajralib turmaydigan ana shunday joylar amerikalik fotograf Mett Blek suratlarida aks etadi.

Fotograf diqqatini o‘ziga jalb etgan shtatlardan biri mo‘jizaviy va barcha borishni orzu qilgan Kaliforniya ekani juda qiziq. Yildan yilga YaIM hajmi bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatib kelayotgan, Gollivud va Silikon vodiysi kabi mashhur go‘shalar joylashgan shtat. Va nihoyat, shtat Shimoliy Amerikaning g‘alla ombori sanaladi, axir u yerda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy miqdori yetishtiriladi va amerikaliklar uchun oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi ishlab chiqariladi.

Blek hashamatli Los-Anjyeles va obro‘li San-Fransiskodan uzoqda joylashgan mitti shahar va qishloqlarda odamlar qanday yashayotganliklarini ko‘rsatishga qaror qildi. Uning o‘zi ham ana shunday shaharlardan birida tug‘ilib, katta bo‘lgan. Shuning uchun aholining o‘ta «gollivudcha» bo‘lmagan hayoti unga ancha yaqin. Tabiiyki, Mett Kaliforniyaning o‘zi bilangina cheklanmadi, u Amerikaning 46 shtatida bo‘lib, hamma yerda shafqatsiz reallikka maksimal darajada yaqinlashgan holda suratlar olgan.

Tulare, Kaliforniya shtati, 2014

El-Paso, Texas, 2015

Teviston, Kaliforniya, 2001

Allensvort, Kaliforniya, 2014

Fort-Geyns, Jorjiya, 2017

Modesto, Kaliforniya, 2014

Korkoran, Kaliforniya, 2014

Missisipi, 2017

Fresno, Kaliforniya, 2009

Fayrbo, Kaliforniya, 2014

Teviston, Kaliforniya, 2001

Kerman, Kaliforniya, 2004

Fresno, Kaliforniya, 2004

Allensvort, Kaliforniya, 2001

Mendota, Kaliforniya, 2014

Teviston, Kaliforniya

Guron, Kaliforniya, 2010