Qaysi multfilmlar kitobidan ko‘ra muvaffaqiyatliroq chiqqanini bilasizmi?

  • 07:26 / 09.10.2019
  • 536

Umuman olganda, multfilim g‘oyalarining aksariyati kitob, komiks, ertak va miniatyuralardan olinadi. Biroq ularning barchasini ham muvaffaqiyatli chiqadi, deb bo‘lmaydi. Biz ulardan eng yaxshilarini to‘plashga harakat qildik:

Temir odam

Ko‘pchiligimiz sevib tomosha qilgan o‘zga sayyoralik robot haqidagi multfilm Ted Xyuzning bolalar uchun yozgan “Temir odam” kitobi asosida suratga olingan. 

Uyqu qo‘riqchilari

Bayram quyoni, Tish farishtasi, Nik Frost kabi xayoliy personajlar ishtirokidagi multfilmlarning barchasi bitta muallif kitoblaridan olingan. Bu ajablanarli bo‘lishi mumkin, ammo haqiqat. Gap shundaki, bu multfilmlar Uilyam Joysning eponim kitoblar seriyasiga asoslangan. 

Quyon Rojer

Ushbu multfilm Gari Wolfning “Quyon Rojerga kim pand berdi?”, kitobiga asoslanib yaratilgan. Biroq kitob bilan film o‘rtasida jiddiy farqlar bor. Masalan, kitobda oddiy multfilmsifat voqealar haqida so‘z yuritilmaydi. Kitobda mansabdor shaxslarga nisbatan tanqid yaqqol sezilib turadi. 

Shrek

Yashil maxluq haqidagi multfilm, aslida, Uilyam Steygning qisqa bir hikoyasidan olingan. Uni katta hajmli multfilmga aylantirish uchun esa Dream Works kompaniyasi ba’zi personajlarni o‘zgartirgan. Masalan, Fiona boshida odamxo‘r maxluq edi, eshak o‘rnida esa ot bo‘lgan. 

Teglar