Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati uchun tarkib e'lon qilindi. Meksikalik legioner ham jamoa bilan Vengriyaga boradi

  • 11:13 / 08.07.2019
  • 163

15-23 iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tokio Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham katta delegatsiya bilan ishtirok etadi. Musobaqada 14 nafar sportchi ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati turnirga yo‘l olayotgan tarkibni e'lon qildi. Unda yaqinda O‘zbekiston fuqaroligini olgan meksikalik qilichboz Lara Pliyego Paola ham bor.

Sevinch Ismoilova – sablya
Zaynab Dayibekova – sablya
Yana Obvinseva – sablya
Lara Pliyego Paola – sablya
Sherzod Mamutov – sablya
Pazilbek Genjyebayev – sablya
Boburjon Rasulov – sablya
Roman Aleksandrov – shpaga
Javohirbek Nurmatov – shpaga
Fayzulla Alimov – shpaga
Oleg Sokolov – shpaga
Malika Hakimova – shpaga
Yana Alborova – shpaga
Hasan Badunov – shpaga

O‘zbekiston terma jamoasi 13 iyul kuni Vengriya safariga jo‘nab ketadi.

Bundan avvalroq meksikalik qilichboz Lara Pliyego Paola O‘zbekiston fuqaroligini olgani va endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan qatnasha boshlashi haqida xabar berilgandi.

Teglar