Qirg‘izistonda Lenin va Putin haykallari o‘rnatildi

  • 07:14 / 07.10.2019
  • 931

Qirg‘izistondagi ZIL tog‘-chang‘i kurorti hududida Chingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari o‘rnatildi.


Bu joy poytaxt Bishkek shahridan 35 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, hozirda haykallar o‘rnatilgan joyda obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.


24.kg agentligi xabariga ko‘ra, Putinning haykali yoniga minnatdorchilik izhori bitilgan toshlavha qo‘yilishi ham rejalashtirilgan.

Kaktus.media’ning qayd etishicha, ko‘plab qirg‘izistonliklar Putin monumenti uchun joy yaxshi tanlanmaganini aytmoqda. Boisi haykal hojatxonaga yaqin joyga o‘rnatilgan.

Dastlab yodgorlik markazida Vladimir Putinning monumenti o‘rnatilgan, ammo yodgorlik ochilishiga 2 kun qolganda uning joyi o‘zgargan. O‘shanda Rossiya davlat dumasi deputati Aleksandr Iltyakovning tashabbusi bilan ilgari surilgan loyiha prezident administratsiyasining qarshiligi sababli yakunlanmay qolgandi.

Teglar