Qiyinchiliklarni yengish va harakatni boshlash haqidagi 10 ta kitob

  • 12:32 / 11.06.2019
  • 808

Qaror qabul qilish – zamonaviy dunyodagi eng murakkab vazifalardan.  Ish ko‘p bo‘lganida xayolni bir joyga qo‘yib, muhim qarorga qanday kelish mumkin? Rb.ru tomonidan taqdim etilgan kitoblar ro‘yxati ana shu masalada sizga yordamga keladi.

«Muammo yoki tahdid»

Rayan Xolidey shaxsiy samaradorlik masalasi – mashhur kishilar karera, ijod  va umuman hayotda qanday qilib katta natijalarga erishishiga qiziqadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli kishilar ulkan omadga ega emas, bor-yo‘g‘i hayotiy vaziyatlarga o‘zgacha munosabatda bo‘lishadi.

Margaret Tetcher, Ervin Rommel, Duayt Eyzenxauer, Richard Rayt, Jyek Jonson, Teodor Ruzvelt, Stiv Jobs, Barak Obama misolida muallif nima uchun mashaqqatlar oldida yengilmaslik haqida hikoya qiladi.

«O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch»

O‘tgan asrda ham jamiyat an'anaviy edi. Inson hayotdagi o‘z o‘rnini izlashi shart emasdi – ijtimoiy mavq'ye, oiladagi hunarmandchilik sohasi va atrof-muhit insonning o‘rniga buni amalga oshirardi. Biroq hozirda dunyo o‘zgardi.

Sharl Pepen o‘z kitobida ana shu muhim jihatni qanday rivojlantirish haqida hikoya qiladi.

«Vaziyatlar kundaligi»

Aleksandr Korol hayotimizdagi vaziyatlar – o‘z hayotimizni o‘zgartirish uchun yaxshi bahona, deb hisoblaydi. Muallif o‘z kitobida yangi do‘stlarni topish, g‘oyalarni izlash, zararli odatlardan xalos bo‘lish kabi vazifalar ro‘yxatini tuzgan. Bularning bari vaziyatlar to‘siq emas, sababga aylanishi uchun amalga oshirilgan.

«Hech qachon»

Bu kitob – o‘ziga xos yo‘l xaritasi. Yelena Rezanova uni yaxshiroq insonga aylanishni istagan, biroq buni nimadan boshlashni bilmayotganlarga atab yozgan.

«Bor-yo‘g‘i fazo»

Bu kitob Katerinoy Lengold tomonidan talabalardan tortib, top-menejyer va rassomlargacha - o‘z maqsadiga erishishni istaganlar uchun yozilgan. Uning ichida juda ko‘plab qimmatli maslahat, mashq, odat va layfxaklar bo‘lib, u hayotga bo‘lgan ishtiyoqni yo‘qotmasdan olg‘a harakatlanishda yordam beradi.

 

«Jyedaycha texnikalar»

Maksim Dorofeyev shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, “ko‘milish” nima ekanini yaxshi biladi. Unga bu vaziyat yoqmagan. Shuning uchun ham ko‘p vazifalilik oqimida yashaydigan kishilarni o‘z hayotiga qaytarishda yordam beradigan maxsus texnikalarni ishlab chiqqan.

Mutaxassis va tahlilchilar, menejyer, kichik va o‘rta biznes egalari hamda iqtisodiy mutaxassislik talabalariga o‘qish tavsiya etiladi.

«Jasurlik yoqmaydi»

Faylasuf va psixolog Ichiro Kishimi hamda yozuvchi Fumitake Koganing kitobida o‘tmishdagi omadsizliklar tufayli azoblanmay, atrofdagilarning hafsalasini pir qilishdan cho‘chimay baxtli bo‘lishga intilish haqida hikoya qilinadi. Biroq bu yerda “o‘z-o‘zingcha bo‘l” qabilidagi fikrlarni uchratmaysiz. G‘oya hayotiy uyg‘unlikni topishdan iborat.

«Ma'nan kuchli kishilarning 13 odati»

Baxtli yashashda sizga nima xalaqit beradi? Doimiy ravishda ko‘ngli to‘lmaydigan rahbar, uzoqni ko‘ra bilmagan ota-ona yoki sizdan muvaffaqiyatliroq do‘stingizmi? Aslida esa bunday fikrlar umidsizlanishga sabab bo‘ladi. Amaliyotchi psixoterapevt Emi Morin baxtli bo‘lish uchun fikrlashning o‘n uch namunasiga barham berish zarur.

 Bir necha yil avval u “ma'nan kuchli kishilar qilmaydigan 13 narsa” ro‘yxatini tuzgan. Ana shu ro‘yxat kitobga asos bo‘lgan. Agar mashaqqatlarni yengish va maqsadlarga erishishni istasangiz, bor-yo‘g‘i 13 odatni o‘zgartiring.

«Kerak va istayman o‘rtasida»

Hayotdagi vazifamizni qayerdan topish kerak. El Luna ana shunday joy mavjud, deb hisoblaydi. U biz bajarishimiz va o‘zgalar bizdan kutadigan “Kerak” va ich-ichimizdan orzu qiladigan narsalarimiz “Istayman” orasidagi yo‘lda joylashgan.

«Men haqimdagi barcha haqiqat»

Ember Rey odamlar tabiatan qiziquvchan ekanligi haqida hikoya qiladi. Biroq tajriba uchun sarflangan yillar ana shu g‘aroyib jihatni yopib tashlaydi – qiziquvchanlik o‘rnini qo‘rquv egallaydi. Biz muvaffaqiyatsizliklardan cho‘chiganimiz sababli biror yangi narsani sinab ko‘rmaymiz. Hayot esa juda qiziq.

Bu kitob o‘z qo‘rquvlarimizning ko‘ziga tik boqish, qalbdagi noqulayliklarga oydinlik kiritish va havotirli fikrlardan xalos bo‘lishga rasmiy taklifnoma.

Teglar