Qiz vafot etgan otasiga 4 yil mobaynida SMS yo‘lladi va kutilmaganda javob keldi...

  • 14:18 / 02.12.2019
  • 580

Arkanzaslik Chestiti Patterson otasidan ayrilib qolganidan so‘ng unga har kuni SMS yo‘llashga qaror qildi. Xabarlarida o‘zining kundalik taassurotlarini, muammolarini tasvirladi, deb xabar beradi PLANETANOVOSTI.COM nashri.

Navbatdagi maktubini otasi vafot etganiga 4 yil to‘lgan kuni yozdi. Chestiti xatda onkologik kasallikdan to‘la qutulgani, o‘ziga e’tibor berayotgani, ko‘nglidan o‘tayotgan hissiyotlarini bayon etdi. Bu safar ham javob kutmayotgandi. Biroq bu galgi SMSga javob keldi. Javob xatini otasi emas, Bred ismli boshqa bir ota yo‘llagan edi. U ham 4 yil avval o‘z yaqinidan ajrab qolgan, qizi avtohalokat tufayli dunyodan o‘tgan ekan. 

Chestiti yozgan maktublar Bredga borib tushar, lekin u o‘zi singari ayriliqdan azob chekayotgan qizni xafa qilib, umidlarini so‘ndirib qo‘yishdan xavfsirab javob yozmas ekan. Chestitining nomalari Bredga haqiqiy tasalli bo‘lgan. 

Dunyo har birimiz to‘g‘ri xulosa chiqarib olishimiz lozim bo‘lgan ana shunday tasodiflarga to‘la. 

Teglar