“Qizlar ovozi” 1- Respublika Forumi

  • 13:14 / 08.10.2019
  • 253

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11-oktabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi “Qizlar ovozi” 1- Respublika Forumi oʻtkazilishini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, Forumda yoshidan qatʼi nazar xotin-qizlar sohasidagi islohotlar va mavjud muammolarga befarq boʻlmagan barcha soha vakillari ishtirok etishi mumkin.

Agarda sizda...
— Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi muammo va yechimlar;
— Normativ huquqiy hujjatlarda aks etgan, biroq amalda yosh xotin-qizlar huquq va manfaatlari taʼminlanmayotgan;
— Oilalarda milliy qadriyat, yosh xotin-qizlarning axloqiy meʼyorlari masalalarida takliflaringiz boʻlsa, 
Hoziroq manziliga (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfqmLntyQvdYo089t6FP43e_YAi5qRWsHUzfP5H_h79ARe--Q/viewform) kirib, roʻyxatdan oʻting. Oʻz taklifingizni qoldiring va Forumda ishtirok etish imkonini qoʻlga kiriting.
Eng muhimi, siz Forumdagi faol ishtirokingiz orqali noyabrda oʻtkaziladigan Respublika konferensiyasiga ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Shuningdek, Forum doirasida Oʻzbekistonning turli sohalardagi muvaffaqiyatli, lider ayollari sohadagi islohotlar va muammolar yuzasidan taqdimot qiladi hamda master-klasslar oʻtkazadi.
Forumda oʻzbek, rus, ingliz tillaridan foydalaniladi.
Forum “Yoshlar press-klubi”da 11-oktabr soat 14:00da boshlanadi.