Qondagi xolesterin miqdori ko‘payib ketganini mustaqil ravishda aniqlash usuli aytildi

  • 21:30 / 07.04.2021
  • 48

AQShdagi Milliy yurak, o‘pka va qon instituti ma’lumotlariga ko‘ra, organizmdagi xolesterin miqdori ko‘payib ketganini mustaqil ravishda aniqlash mumkin. 

Odatda qon tarkibida xolesterin ko‘payib ketgan vaqtda u teri yuzasida yog‘ to‘qimalarini paydo qiladi. Shuningdek, ko‘z qorachiqlarida yorqin kulrang halqalarning paydo bo‘lishi ham xolesterin miqdorining oshganidan darak berishi mumkin.

Shifokorlar ushbu alomatlar ko‘zga tashlangan vaqtda aniq tashxis qo‘yish uchun qon tahlillari topshirish zarur bo‘lishini qo‘shimcha qilishgan.