Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiruvchi mahsulotlar sanab oʻtildi

  • 14:02 / 20.09.2021
  • 195

Britaniyalik shifokor Debora Li qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga va yurak-qontomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradigan mahsulotlarni sanab oʻtdi.

Mutaxassisning aytishicha, qondagi xolesterin miqdorining oshib ketishi koʻp hollarda taomlanish bilan bogʻliq boʻladi, baʼzida esa buyrak kasalliklari, gipotireoz, semirish, asab anoreksiyasi, tamaki chekish, spirti ichimliklarga ruju qoʻyish va haddan tashqari koʻp tuz isteʼmol qilish oqibatida yuzaga keladi.

Yogʻli goʻsht, kolbasa, xamirli pishiriqlar, shirinliklar va pishloqni qondagi xolesterin miqdorini oshiruvchi mahsulotlar sifatida sanab oʻtish mumkin.

Mutaxassis xolesterin miqdorini meʼyoriy holatga keltirish uchun taomnomaga yongʻoqlar, zaytun va kunjut yogʻi, qizil baliq, dukkakli mahsulotlar va parranda goʻshtini kiritishni tavsiya qilgan.

Xolesterin miqdorini kamaytirishda sut va yogurt isteʼmoli ham yaxshi yordam beradi.