Qonun loyihasi: Jurnalist huquqini buzgan shaxs jazoga tortiladi 

  • 10:45 / 14.01.2020
  • 249

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, kodeksga quyidagicha qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:

Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to‘sqinlik qilish:

Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to‘sqinlik qilish, jurnalistni axborotni tarqatish yoki tarqatishni rad qilishga majburlash, akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo‘rin bekor qilish, jurnalistning so‘rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzish, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.