Qor va muzni o‘zi tozalaydigan aqlli asfalt

  • 07:45 / 04.03.2019
  • 2510

Qish faslida yog‘ingarchilik tez-tez kuzatiladigan mamlakatlardagi kommunal soha vakillari yo‘llarda tozalash ishlarini o‘tkazish zaruriyatiga duch kelishadi. Odatda qor qalin yoqqan vaqtlarda yo‘llarning katta qismi tozalanmay qolib ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri – maxsus texnikaning yo‘qligi yoki yetishmasligi. Bundan tashqari, mamlakatning hamma qismiga ham ana shu maxsus texnika yetib borolmasligi mumkin.

Yo‘llar va transport magistrallarining muzlashi yo‘l-transport hodisalari sabablaridan biri hisoblanadi.

SAN Hitech konserni tashqi yordamsiz yog‘ingarchilik bo‘lishini aniqlaydigan va yo‘lni qizitadigan metaldan ishlangan to‘rni ishlab chiqdi. U asfalt ostiga mustahkamlanadi.

Bunday to‘rni yo‘l yotqizish yoki uni ta'mirlash vaqtida joylashtirish oson. Biroq bu kabi himoya qoplamini allaqachon mavjud qoplamga ham yotqizish mumkin. Maxsus texnika yordamida yoriq hosil qilinadi va ana o‘sha yerga to‘r joylashtiriladi.

To‘r ichida sensorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular ob-havoni o‘zi aniqlaydi, haroratni tekshiradi va zarur bo‘lganida isitish funksiyasini ishga tushiradi. Bu yangilik Kanadada sinaldi.

Ma'lumki, u yerda havo 50 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Ishlanma mualliflari 2021 yilda keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishgan. Ular supermarketlardan uzoq bo‘lmagan to‘xtash joylarida o‘rnatiladi. Keyin esa mutaxassislar yo‘l infratuzilmasi va aeroportlar uchun modellar yaratishga kirishadilar.

Teglar