Qora tuynukni suratga olgan olimlar qancha pulga ega bo‘lishdi?

  • 11:05 / 10.09.2019
  • 1007

Foto: eventhorizontelescope.org

Tarixda ilk bor qora tuynuk suratini taqdim etgan Event Horizon Telescope loyihasining olimlari fundamental fizika sohasi bo‘yicha obro‘li Breakthrough Prize mukofotini qo‘lga kiritishdi. Bu haqdagi xabar 5-sentyabr kuni mukofot tashkilotchilari saytida paydo bo‘ldi.

Shuni aytish joizki, Breakthrough Prize mukofoti Google kompaniyasi asoschisi Sergey Brin, Facebook kompaniyasining bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg, Alibaba Group’ning direktorlar kengashi raisi Jek Ma va Digital Sky Technologies investitsion firmasi va Mail.ru Group rahbarlaridan  biri Yuriy Milner tomonidan 2013-yilda tashkil etilgan.

Unda aytilishicha, Garvard Smistonian astrofizika markazi qoshidagi loyiha rahbari Shep Doulman butun jamoa nomidan mukofotni qabul qilib oladi. 

Uch million dollar miqdoridagi mukofot loyihaning 347 nafar ishtirokchisi o‘rtasida teng taqsimlanadi. 

Event Horizon Telescope dunyoning turli nuqtalaridagi bir nechra radioteleskoplarni birlashtiradi. 2017-yilda tarmoq sakkizta apparatdan iborat bo‘lgan va u kengayib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Event Horizon Telescope shu yilning aprel oyida radioteleskoplar tarmog‘i yordamida ilk bor olingan qora tuynukning  suratini e’lon qilgan edi.

Teglar