Qorga burkangan Amerika

  • 06:02 / 15.03.2017
  • 10533

14 mart kuni AQShning Sharqiy qirg‘og‘iga “Stella” deya atalgan qor bo‘roni yopirildi. Kuchli qor mamlakatning 13 shtatida kuzatildi hamda anomal issiq qishdan so‘ng ro‘y berdi: yanvar va fevral oylarida havo harorati 20 daraja issiqqacha ko‘tarildi.

“Stella” mart oyida kuzatilgan eng kuchli qor bo‘roni deb tan olindi. Nyu-York shahrida bo‘ron boshlanishidan biroz avval favqulodda holat e'lon qilindi, noqulay ob-havo vaqtida maktablar va aeroportlar yopildi. AQShda hammasi bo‘lib besh mingdan ortiq reyslar bekor qilingan.

Biroq bo‘ron mutaxassislar kutganidan ancha kuchsizroq bo‘lib chiqdi, ular 60 santimetrlik qor va kuchli shamolni va'da qilgandi. Mamlakat sharqidagi ko‘plab shaharlar aholisi, jumladan Nyu-York, Boston va Filadelfiya fuqarolaridan bo‘ron tugashiga qadar o‘z uylarida qolish so‘raldi. Biroq hukumatning ogohlantirishi kishilarni ko‘chalarga chiqish hamda kutilmaganda qaytib kelgan qish bag‘rida suratga tushishdan to‘xtatib qola olmadi.

Nyu-York


Filadelfiya


Boston

Teglar