Qo‘rqmasdan kir yuvish mashinasiga solish mumkin bo‘lgan 14 buyum

  • 17:24 / 10.05.2019
  • 90825

Vanna pardasi, sport poyabzali, bolalar o‘yinchoqlari va shu kabi boshqa predmetlarni qo‘rqmasdan kir yuvish mashinasiga solish mumkin. "Layfxaker" shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi

1. Yumshoq o‘yinchoqlar

Har bir yumshoq o‘yinchoqni alohida yuvish qopchasiga solib, odatiy me'yorning yarmiga teng poroshok qo‘shib, sovuq suvda yuving (issiq suv o‘yinchoqdagi yelimni eritib yuborishi mumkin). Shundan so‘ng o‘yinchoqlarni yana bir bor chayib, quriting. 

2. Poltayoq nasadkasi

Mikrofibradan yasalgan nasadkalarni yuvishga qo‘rqmang: kir yuvish mashinasida ularga hech nima qilmaydi. Ajraluvchi nasadkalar aynan ularni olib yuvish oson bo‘lishi uchun ham ajraluvchi qilib ishlangan. 

3. Ushlagichlar

Qo‘lqoplar va ushlagichlarni oddiy rejimda oshxona sochiqlari bilan birga yuving. Darvoqe, qo‘lqop-ushlagichlar faqatgina oshxonada asqotmaydi: ular yordamida issiq lampani burash yoki tikonli butalarni kesish ham mumkin.

4. Beysbolka

Zarurat tug‘ilganda beysbolkaga dog‘ ketkazuvchi vositadan sepib, 5 daqiqaga qoldiring. Shundan keyin kir yuvish mashinasining sovuq suvda yuvuvchi qisqa sikliga sozlang. Yuvib bo‘lgach, beysbolka shaklini to‘g‘irlab, quritishga qo‘ying. 

5. Krossovkalar

Krossovkalarning bog‘ichlarini olib, ularni yuvish qopchasiga soling, shunda ular aralashib ketmaydi. Endi krossovkaning tagligini olib, uni mashinaga solish mumkin. Mashinada kir aylanishi jarayonida yoqimsiz tovushlar chiqmasligi uchun ular bilan birga bir necha sochiq solish tavsiya etiladi. Odatiy me'yordagi kir yuvish kukunidan qo‘shing, yoqimsiz hiddan xalos bo‘lish uchun esa - biroz uksus qo‘shish mumkin. Sovuq suvda yuvuvchi ehtiyotkor rejimni tanlang.

6. Mayda o‘yinchoqlar

Yuvish qopchasiga Lego kubiklari kabi mayda o‘yinchoqlar, vannada suvda o‘ynaluvchi rezina o‘yinchoqlarni soling-da, sovuq suvda yuvuvchi ehtiyotkor rejimni yoqing. 

7. Yostiqlar

Ikki yostiqni bittada iliq suvda, ehtiyotkor rejimda yuving. Qo‘shimcha chayish va siqish rejimini yoqishni unutmang. Yostiqlar momiq bo‘lishi uchun quritish vaqtida mashinaga bir necha maxsus rezina sharlarini soling.

8. Vanna uchun plastik parda

Bunday pardani sovuq suvda, odatiy me'yordagi kir yuvish kukunida, mashinaga bir necha sochiq qo‘shib yuving.

9. Ryukzak

Ryukzakning cho‘ntaklaridagi hamma narsani olib tashlang, agar ularda ushoqlar bo‘lsa, changyutgichda tortib oling. Shundan so‘ng ryukzakni yuvish qopchasi yoki kattaroq matoga o‘rab, biroz kir yuvish kukuni qo‘shilgan sovuq suvda ehtiyotkor rejimda yuving. Quritish uchun ochiq havoga qo‘ying.

10. Sport gilamchasi

Gilamcha yorlig‘ida uni mashinada yuvish mumkin emasligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q. Uni oyda bir marta sovunsiz yuving, hatto o‘rtacha haroratda, quritish rejimida quritsangiz ham bo‘ladi.

11. Vanna va hojatxona gilamchasi

Dastlab gilamchani ko‘chada yaxshilab qoqib oling, so‘ngra vanna sochiqlari bilan birga mashinaga soling. Ehtiyotkor rejimda, sovuq suvda, odatiy me'yorning yarmiga teng kir yuvish kukunida yuving. Shuni unutmangki, rezina gilamchalarni quritgichda quritish mumkin emas. 

12. Mahsulotlar xaltasi

Matoli sumkalarni oddiy rejimda, qaynoq suvda yuvish va hatto quritgichda quritish ham mumkin. Buni imkon qadar tez-tez amalga oshirish zarar qilmaydi, chunki ular odatda do‘kon savatchalari, avtomobil yukxonasi, pol va oshxona stoliga qo‘yiladi. 

13. Sport jihozlari

Barcha sport jihozlarini hech bo‘lmaganda oyda bir marta yuving. Barcha buyumlar aralashib ketmasligi uchun ularning  lipuchkalarini taqib qo‘ying, alohida qopchalarga solsangiz, undan-da yaxshi. Odatiy me'yorda qo‘shiladigan kir yuvish kukunining yarmini qo‘shing va oddiy rejimda yuving. 

14. Sport sumkasi

Sport sumkasida ko‘plab kir va bakteriyalar yig‘iladi. Bunday sumkani sovuq suvda, ehtiyotkor rejimda yuving. Yuvishdan oldin cho‘ntaklarini yaxshilab tekshiring.

Teglar